OʻzFeʼlKorpus

Soʻzlar 1276140
Matnlar 57
Yangilangan 2026-08-14

Korpus haqida

"OʻzFeʼlKorpus" — bu oʻzbek tilidagi 2000–2025-yillar orasida yaratilgan badiiy, ilmiy, publitsistik va rasmiy uslubdagi matnlar asosida tuzilgan 1 million soʻzli elektron matnlar korpusidir. Ushbu korpus oʻzbek tilida feʼl morfologik shakllarining nutqdagi qoʻllanish darajasini tizimli tahlil qilish maqsadida shakllantirilgan boʻlib, u zamonaviy lingvistik tadqiqotlar, uslubiy va grammatik izlanishlar uchun boy empirik manba hisoblanadi.

Korpusda turli uslub va janrlardagi matnlar toʻplangan boʻlib, ular orqali feʼlning zamon, mayl, nisbat, shaxs-son shakllari kabi grammatik koʻrsatkichlarning real nutqdagi ishlatilish chastotasi aniqlanadi.

Asoschilar

  • Tilshunos – Nasirdinova Oydinniso Dagarovna (ToshDOʻTAU, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi, doktorant) Shaxsiy sayt
  • Texnik dasturchilar – Samira Ikromova, Diyora Baxtiyorova

Yaratilgan yil: 2025

Foydalanish qoʻllanmasi

Korpus maqsadi

OʻzFeʼlKorpus oʻzbek tilidagi feʼllarning turli shakllarining qoʻllanishini oʻrganish, ularning chastotasini aniqlash va grammatik tahlil qilish uchun yaratilgan. Korpus lingvistlar, tilshunoslar, talabalar va oʻzbek tilini oʻrganayotganlar uchun foydali manba hisoblanadi.

Korpus tuzilishi

Badiiy uslub

Sheʼrlar, romanlar, hikoyalar

Ilmiy uslub

Ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar

Publitsistik uslub

Gazeta va jurnal maqolalari

Rasmiy uslub

Hujjatlar, qonunlar, shartnomalar

Qanday qidirish mumkin?

Soʻz izlash

Toʻliq soʻzni kiriting va korpusda qidiring

Qoʻshimcha izlash

Soʻz oxiri qatnashgan qoʻshimchani kiriting

Uslub boʻyicha filtr

Faqat maʼlum uslubda qidirish imkoniyati